Poytaxt ko‘chalarida yo‘l harakatini yaxshilash bo‘yicha “Dolzarb 90 kunlik” o‘tkaziladi

Saqlash
13:19 / 01.03.2026 17 0

Joriy yilning 26-fevral kuni Prezident Administratsiyasi rahbarining Yo'l harakatini tashkil etish markaziga tashrifi bo‘lib o‘tgan edi.

 

Tashrif yakuniga ko‘ra yo‘l infratuzilmasini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha ustuvor yo‘nalishlar va aniq vazifalar belgilab olingan. Shu maqsadda shahar hokimligi poytaxtdagi yo‘l harakati holatini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlar majmuasini amalga oshirish uchun “Dolzarb 90 kunlik” e’lon qildi.

 

Bunda Prezidentining qarori bilan 2025-yil dekabr oyida poytaxt transport siyosatini tizimli takomillashtirishga yo‘naltirilgan ixtisoslashtirilgan tuzilma — Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari poytaxtning eng tirband bo‘lgan 472 km avtomobil yo‘llarini aniqlab, ishlarni quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda olib boradi:

 

— yo‘l harakatini tashkil etish bo‘yicha loyiha yechimlarini ishlab chiqish va joriy qilish;
— jamoat transportiga ustuvorlik berish va tegishli infratuzilmani yaratish;
— ko‘cha-yo‘l tarmog‘i bo‘ylab reklama konstruksiyalari va boshqa tashuvchilarni o‘rnatishni tartibga solish hamda nazorat qilish;
— avtomobil yo‘llari bo‘yida joylashgan mavjud savdo shoxobchalarini optimallashtirish va ular bo‘yicha tartibli yechimlar ishlab chiqish;
— svetofor obyektlari va yo‘l belgilarini o‘rnatish, modernizatsiya qilish va yangilash;
— yo‘l harakatini tashkil etishning tasdiqlangan sxemalari asosida yo‘l chiziqlarini takomillashtirish;
— bekat majmualarini yangilash va almashtirish;
— ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida chuqurcha va karta usulida ta’mirlash ishlarini olib borish;
— avtoturargoh maydonini rivojlantirish va tartibga solish.

 

YHTEM va  shahar hokimligi ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi poytaxt yo‘l-transport tizimidagi umumiy vaziyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga, shahar aholisi va mehmonlari esa sezilarli o‘zgarishlarni his qilishiga ishonch bildirgan.

 

Ishlarning bajarilishi va erishilgan natijalar to‘g‘risida rasmiy aloqa kanallari orqali har kuni ma’lumot berib boriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//