Jamiyat
28-fevral kuni Sankt Peterburgda yuqori qavatdan tushib ketgan bolani qutqarib qolgan Xayrullo Ibodullayev Toshkentga uchib keldi. Uni qarindoshlari bilan bir qatorda jurnalist va jamoatchilik vakillari ham Toshkent xalqaro aeroportida kutib oldi.
Oʻz jasorati ortidan qahramonga turli takliflar bildirildi. Xususan, Rossiya fuqaroligi va oʻsha mamlakatdan uy-joy ham taklif qilingan. Biroq Ibodullayev oilasi bilan dam olishni rejalashtirayotgani, Rossiyaga ishlash uchun qaytmoqchi emasligini aytib, Vatanga qaytishni tanlagan.
“Oʻz yurting — oʻlan toʻshaging, degan joyi bor. Menimcha, mendan boshqa inson boʻlsa ham bu taklifni qabul qilmasdi”, deydi u.
Unga shuningdek, Oʻzbekistonda ham bir qancha takliflar bildirildi. Xususan, u uchib kelgan Centrum Air aviakompaniyasi unga yoʻnalishlar tarmogʻining barcha yoʻnalishlari boʻyicha besh yilga bepul parvoz qilish sertifikatini topshirdi. Turoperatorlardan biri esa uning ota-onasiga umra ziyoratini amalga oshirish uchun Saudiya Arabistoniga yoʻllanma sovgʻa qilgan. Avvalroq esa Prezident Shavkat Mirziyoyev uni “Jasorat” medali bilan taqdirlagan edi. Davlat idoralari vakillari uning Qashqadaryo viloyatidagi xonadoniga tashrif buyurib, sovgʻalar ulashgan edi.
Hozirda u Oʻzbekistonda ishlash imkoniyatini koʻrib chiqmoqchi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
111492
Jamiyat
94617
Jamiyat
90592
Jamiyat
74987
Jamiyat
//
Izoh yo‘q