Jamiyat
2026-yilning 1-martidan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun YHXX Jamoat xavfsizlik departamenti tomonidan shakllantirilgan ma’muriy bayonnomalar, ya’ni jarima xatlarini pochta orqali yetkazish to‘xtatiladi. Bu haqda “O‘zbekiston pochtasi” AJ ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, IIV “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish davlat muassasasi bilan 2026-yil uchun shartnoma imzolanmagani sababli mazkur xizmat to‘xtatiladi.
Axborot matnida “O‘zbekiston pochtasi” AJ ushbu masalaga doir yangi tafsilotlarni taqdim etib borishi qayd etilgan.
IIV masalaga munosabat bildirib, jarima xatlarini yetkazib berish to‘xtatilishini tasdiqlagan.
Unga ko‘ra, “Xavfsiz shahar“ konsepsiyasi doirasida qarorlarning ko‘chirma nusxasi va unga ilova qilingan materiallar sinov tariqasida quyidagi manbalar orqali yuborilishi yo‘lga qo‘yilgan:
SMS-xabarnoma kelmagan taqdirda, my.gov.uz portaliga kirib, telefon raqamini ro‘yxatdan o‘tkazish kerakligi, shundan so‘ng barcha xabarnomalar avtomatik ravishda yuborilishi qayd etilgan.
Mazkur raqamli xizmatlardan foydalanish vaqti cheklanmagan, qo‘shimcha ro‘yxatdan o‘tish yoki hujjat taqdim etish talab etilmaydi, qaror rasmiylashtirilishi bilan bir vaqtda barcha materiallar bilan tanishish hamda qonunchilikda belgilangan muddatlarda jarimani to‘lash imkoniyati mavjud.
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
112450
Jamiyat
95114
Jamiyat
91345
Jamiyat
76034
Jamiyat
//
Izoh yo‘q