Jamiyat
Jamiyat
Bugun 2026-yil 1-martdan boshlab nimalar o‘zgarishi va O‘zbekiston qonunchiligida kuchga kiradigan ayrim normalarni eslab o‘tamiz.
– “Mehrli oila” xizmati tizimi ishga tushadi – ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun yordam beriladi;
– 1-martdan O‘zbekistonda ov mavsumi yopiladi;
– notariuslarga yangi hujjat yozish tartiblari joriy qilinadi;
– sun’iy yomg‘ir loyihalari pilot rejimida boshlanadi;
– davlat organlariga ishga qabul tartibi yangilanadi;
– endi davlat xizmatlari bo‘sh lavozimlari vacancy.gov.uz orqali e’lon qilinadi;
– “mahalla yettiligi” xulosasiga asosan Ijtimoiy reyestrdagi I guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar xonadonlarining devor va tomlarini izolyatsiya qilish, energiya tejamkor deraza va eshik hamda quyosh panellari yoki geliokollektor o‘rnatish ishlari amalga oshirilishi ta’minlanadi;
– Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan boshqaruvchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirishda tegishli bosh muhandisni xabardor qilish tartibi joriy etiladi;
– ko‘p kvartirali uylarning texnik ko‘rsatkichlari, holati, tutash yer uchastkalari, elektr va issiqlik energiyasi, ichimlik suvi iste’moli, infratuzilmasini yaxshilash uchun ajratilgan va sarflangan mablag‘larning hisob-kitobini yuritish imkonini beruvchi “Mening uyim” ABTda “Turarjoy” axborot bo‘limi ishga tushiriladi;
– respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining tadbirkorlar bilan muloqotini tashkil qilishning yangi tartibi joriy etiladi;
– huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash tizimidan voz kechgan holda normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini ijrochilarga yetkazish, ularning mohiyati va ahamiyatini ijrochilar va keng aholi qatlamiga tushuntirish ishlarini «Ijro.gov.uz» idoralararo yagona elektron ijro intizomi tizimi orqali nazorat qilish tartibi yo‘lga qo‘yiladi;
– O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yashash joyi manzilini hamda ularga tegishli ko‘chmas mulkda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxs (shaxslar) to‘g‘risidagi ma’lumotni tahrirlash uchun YaIDXP orqali elektron murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;
– CEFR mezonlariga muvofiq chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilishning A1, A2 va B1 darajalari bo‘yicha malaka sertifikatini berish uchun imtihonlar joriy etiladi;
– respublika tibbiyot markazlari mutaxassislari hamda xorijiy ekspertlardan iborat tarkibda o‘tkir yurak-qon tomir va tserebrovaskulyar kasalliklarni davolashda tibbiy xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
– davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida davlat xaridi predmetining o‘rtacha bozor narxini sun’iy intellekt texnologiyalari asosida hisoblab beruvchi elektron modul ishga tushiriladi;
– tovarlarni ular chegara o‘tkazish punktiga yetib kelguniga qadar dastlabki deklaratsiyalash orqali erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga joylashtirishda bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘imi miqdori 20 foizga pasaytiriladi. Shuningdek, bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib (kechiktirib) to‘lashda 14 kungacha foizlar hisoblamaslik amaliyoti joriy etiladi;
– Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan biologik faol moddalarni olib kirish va ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma berish jarayonida intellektual mulk obyektlariga (tovar belgisi va sanoat namunasiga) bo‘lgan huquqlarga rioya etilgani Intellektual mulk portali orqali majburiy ravishda tekshiriladi va (yoki) o‘rganiladi. Shuningdek, intellektual mulk obyektlariga doir muhofaza hujjatlari (guvohnoma, patent) dublikatini to‘lov asosida onlayn shaklda berish tartibi joriy etiladi;
– ayrim arxiv xizmatlarini ko‘rsatish muddatlari qisqartiriladi;
– yiliga ikki marotaba eng yaxshi sun’iy intellekt loyihalarini joriy etgan vazirlik va idoralar o‘rtasida “Sun’iy intellekt bo‘yicha eng yaxshi loyiha” tanlovi o‘tkaziladi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111481
Jamiyat
94615
Jamiyat
90587
Jamiyat
74976
Jamiyat
//
Izoh yo‘q