Siyosat
Surxondaryo viloyatida Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan majlisda davlat rahbari Yaponiya turagentlari bilan turizm marshruti ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.
Qayd etilishicha, Surxondaryoning turizm salohiyatini ishga solib, yiliga 1 milliard dollarlik tushum qilsa bo‘ladi. Viloyatda Al-Hakim at-Termiziy, Sulton Saodat, Kokildor ota, Qirq qiz singari 150 dan ziyod madaniy meros obyekti joylashgan. Hisor, Boysuntog‘, Ko‘hitang, Bobotog‘da alpinizm, trekking, ekoturizm uchun juda katta imkoniyat bor.
“Yigirma olti asrlik tarixga ega Eski Termiz yodgorligi to‘liq o‘rganilmagan. Buddizm madaniyatiga oid Fayoztepa, Qoratepa, Dalvarzin, Zurmala kabi yodgorliklarning turizm salohiyatidan foydalanib, Yaponiya, Koreya, Xitoy, Tailanddan yiliga 500 ming sayyoh jalb qilish mumkin” dedi Prezident.
Mutasaddilarga Yaponiya turagentlari bilan turizm marshruti ishlab chiqib, muzey, o‘zbek-yapon oshxonasi va Yapon bog‘i tashkil qilish bo‘yicha loyihalarni boshlash topshirildi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
111480
Jamiyat
94615
Jamiyat
90587
Jamiyat
74976
Jamiyat
//
Izoh yo‘q