Siyosat
Surxondaryo viloyatida Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan majlisda Toshkent–Termiz yo‘nalishiga tezyurar poyezdlar qo‘yilishi ma’lum qilindi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.
“Toshkent–Termiz yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezd 14 soatdan ko‘p harakatlanadi. Koreyalik hamkorlar bilan zamonaviy tezyurar poyezdlar olib kelish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. “Toshg‘uzor – Boysun – Qumqo‘rg‘on” uchastkasini tezyurar poyezdga moslash bo‘yicha loyihani shu yil boshlash, 103 kilometr bo‘lgan “Qumqo‘rg‘on – Quduqli” temir yo‘lini elektrlashtirish ishlariga kirishish topshirildi”, dedi Prezident.
Shuningdek, Termiz–Istanbul, Termiz–Dubay yo‘nalishlarida yangi reyslar qo‘yilishi belgilandi.
Sho‘rchi, Denov, Sariosiyo, Sherobod va Boysundan kuniga 100 ming odam viloyat markaziga yengil mashinada kelib-ketyapti. Surxondaryoga olib kelinayotgan 125 ta avtobusni birinchi navbatda ushbu yo‘nalishlarga qo‘yish topshirildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112249
Jamiyat
94929
Jamiyat
91030
Jamiyat
75803
Jamiyat
//
Izoh yo‘q