Siyosat
Surxondaryo viloyatida Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan majlisda Termiz tumani tajribasi asosida har bir viloyatda 2 tadan “Innovatsion tomorqa maktablari” ishga tushirilishi bo‘yicha topshiriq berildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, viloyatdagi 49 ming gektar tomorqaning 35 ming gektarida 3-4 marta hosil olinmoqda. Bunday ko‘rsatkich birorta viloyatda yo‘q.
Termiz tumanidagi “Tomorqa maktabi”da tomorqaga ilm bilan yondashib, bir yilda 5 martagacha ekin ekish o‘rgatilyapti. Mazkur tajriba butun Surxondaryoda yo‘lga qo‘yilsa, mahsulot yetishtirish ham, eksport ham, eng asosiysi, dehqonlarning daromadi ham ko‘payishi ta’kidlandi.
“Xuddi Termiz tumanidagi kabi Angor, Uzun, Denovda “Tomorqa maktablari”ni tashkil qilish, ularda yiliga 10 ming aholini o‘qitish topshirildi. Umuman, Termiz tumani tajribasi asosida har bir viloyatda 2 tadan “Innovatsion tomorqa maktablari” ishga tushiriladi”, dedi Prezident.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
112118
Jamiyat
94801
Jamiyat
90848
Jamiyat
75645
Jamiyat
//
Izoh yo‘q