Jamiyat
Toshkent shahrida prezidentning transport tizimini modernizatsiya qilishga oid qarorini amalga oshirish ishlari boshlandi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Buning uchun maxsus tuzilgan Yo‘l harakatini tashkil etish markazi 27-fevral kuni Toshkent shahridagi tirbandliklar va ekologiya masalalarini hal qilish, shuningdek, umuman, jamoat transporti nazorati bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.
.png)
Berilgan hisobotlarga ko‘ra, bugun-erta “aqlli” svetoforlarni o‘rnatish, yo‘llarga standartlarga mos chiziqlar tortish hamda avtoturargohlarni to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlanadi.
“Umid qilamanki, shahar hokimi boshchiligidagi jamoa qarorning ijrosini to‘laqonli ta’minlashga bor kuch va imkoniyatini qaratadi. Men buning bajarilishini shaxsan nazorat qilib boraman. Poytaxt uchun o‘ta muhim, juda zarur bo‘lgan ushbu loyihani amalga oshirishda jamoaga muvaffaqiyat tilayman”, dedi Saida Mirziyoyeva.
.png)
.png)
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112236
Jamiyat
94914
Jamiyat
91011
Jamiyat
75789
Jamiyat
//
Izoh yo‘q