Jamiyat
“Yoshlar daftari” orqali berilgan yordamdan unumli foydalanganlarga pul mukofoti beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarorida keltirib o‘tildi.
Unga ko‘ra, “Yoshlar daftari”ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha, 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan, ya’ni 31 yoshga to‘lmagan quyidagi toifadagi yoshlar kiritiladi:
– Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning a’zolari;
– oilasining oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan.
Aytilishicha, arizachi endilikda “Yoshlar daftari”ga kirish va ijtimoiy yordamlardan birini ko‘rsatishni so‘rab davlat xizmatlari markazi, YIDXP (my.gov.uz) yoki Yoshlar yagona elektron platformasi orqali murojaat qiladi.
Endi jamg‘armadan ajratiladigan yordamlar individual rejaga muvofiq ijtimoiy shartnoma tuzish orqali beriladi va shartnoma shartlarining bajarilishi Yoshlar yagona elektron platformasi orqali avtomatik tarzda monitoring qilinadi.
Qayd etilishicha, monitoring shartnomada belgilangan har bir shartning bajarilishi har oyda 100 balli tizimda baholanadi hamda barcha shartlar bo‘yicha yig‘ilgan ballar yig‘indisi shartlarning soniga bo‘lingan holda o‘rtacha ko‘rsatkich aniqlanadi.
Kamida 6 oy davomida muntazam shartlarini “a’lo” darajada bajargan, o‘rtacha oylik ko‘rsatkichlari eng yuqori bo‘lgan 1 000 nafargacha yoshlar har yili dekabr oyida BHMning 3 baravari, ya’ni 1 mln 125 ming so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
112118
Jamiyat
94801
Jamiyat
90848
Jamiyat
75645
Jamiyat
//
Izoh yo‘q