Jamiyat
Noqonuniy poygalar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralarga kelishish uchun kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugungi kunda yo‘llarda noqonuniy tashkil etilayotgan poygalar yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligiga, aholining osoyishtaligiga jiddiy xavf solib, inson o‘limigacha bo‘lgan o‘ta salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.
Shuni inobatga olib, Adliya vazirligi yo‘llarda noqonuniy poygalarni tashkil etish oqibatida vujudga kelayotgan yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida ma’muriy va jinoiy javobgarlikni joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.
Mazkur qonun loyihasi joriy yilning 17-fevral kuni manfaatdor vazirlik va idoralarga kelishishga chiqarilgan bo‘lib, belgilangan tartibda kelishilganidan so‘ng, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
112118
Jamiyat
94801
Jamiyat
90848
Jamiyat
75645
Jamiyat
//
Izoh yo‘q