Mustaqilllikning 35 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekiston shukronaligi” tanlovi e’lon qilindi

Saqlash
18:19 / 26.02.2026 93 0

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida ijodkorlar o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston shukronaligi” respublika tanlovi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi xabar berdi.

 

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilib, mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, milliy qadriyatlar, tarixiy maskanlar, mahalla hayoti va insoniy fazilatlarni badiiy-publisistik asarlar orqali keng yoritishni maqsad qilgan.

 

“Yangi O‘zbekiston shukronaligi” respublika tanlovi nazm, nasr hamda badiiy-publisistika yo'nalishlarda 3 bosqichda o‘tkaziladi.

1-bosqich (tuman/shahar) – joriy yilning aprel oyida

2-bosqich (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) – iyun oyida

3-bosqich (Respublika bosqichi) – avgust oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.


G‘oliblar quyidagi tartibda taqdirlanadi:


1-o‘rin – 100 000 000 va diplom;

2-o‘rin – 50 000 000 so‘m va diplom;

3-o‘rin – 30 000 000 so‘m va diplom.

 

Shuningdek, barcha ishtirokchilarga sertifikat topshiriladi.

 

Tanlov yakunida eng sara asarlar asosida “Yangi O‘zbekiston shukronaligi” nomli kitob-albom chop etiladi hamda tantanali taqdimot marosimi o‘tkaziladi. Barcha ijodkorlarni yurtimiz mahallalari hayotini, ularning bugungi qiyofasini, insoniy qadriyatlarimizni yoritishga chorlaymiz!”, deyiladi xabarda.

 

Batafsil ma’lumot uchun O'zbekiston mahallalari uyushmasining hududingizdagi bo‘limlariga murojaat qilish so‘raladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//