Madaniyat
Ukrainada keng ko‘lamli urush boshlanganining to‘rt yilligi munosabati bilan “Ilhom” teatrida ukrainalik illyustratorlarning Yellow&Blue (“Sariq-ko‘k”) plakatlar ko‘rgazmasi ochildi.
Ushbu ko‘rgazma 2016-yilda Pictoric illyustratorlar hamjamiyati tomonidan zamonaviy vizual til yordamida ukrain madaniyatini dunyoda ommalashtirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan shu nomdagi loyiha bilan tanishtiradi.
Davlat bayrog‘i ranglariga ishora qiluvchi nom rassomlarning o‘zligini anglashga bo‘lgan intilishini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, “sariq-ko‘k” ranglar ko‘rgazmaning hissiy ohangini belgilab beradi – davom etayotgan harbiy harakatlarga qaramay, u yorug‘ va hayotbaxsh ruhdadir.
.jpg)
2016-yildan buyon Yellow&Blue loyihasi klassik ko‘rgazmalardan tortib mobil ko‘cha ekspozitsiyalarigacha bo‘lgan turli formatlarda Germaniya, Italiya, Fransiya, Polsha, Chexiya va Estoniyada taqdim etilgan.
Markaziy Osiyoga esa u ilk bor olib kelindi. Toshkentdagi ko‘rgazmani tashkil etish mas’uliyatini Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi va Ukraina elchixonasi o‘z zimmasiga oldi.
Yellow&Blue loyihasi 32 nafar taniqli ukrainalik illyustrator tomonidan yaratilgan 100 dan ortiq plakat seriyasidan iborat. Ular orasida Pictoric hamjamiyati asoschilari: Yelena Staranchuk, Oleg Grienko va 2017-yilda Bolonya bolalar kitob yarmarkasida dunyoning eng yaxshi 75 nafar illyustratori ro‘yxatiga kirgan Anna Sarvira bor.
Toshkentdagi ekspozitsiyada kollaj, applikatsiya va vektorli grafika texnikalarida mahorat bilan bajarilgan 60 dan ortiq ishni ko‘rish mumkin. Rassomlar, illyustratorlar va grafik dizaynerlar tarixiy voqealar, hudud va shaharlarning o‘ziga xos xususiyatlari, madaniy obyektlar va an’analar, ijtimoiy hodisalar hamda hatto urush yillarida ham biznikiga juda o‘xshash bo‘lgan ukrainlarning kundalik hayotiga doir turli qarashlarni taklif etadi.
.jpg)
Jamoat transporti, ko‘p qavatli uylarning hovlilari, uysiz hayvonlarni qutqarish va sovet modernizmi davriga oid binolarni buzilishdan himoya qilishga bag‘ishlangan plakatlarda toshkentliklar o‘zlarini osongina tanib olishlari mumkin.
“Ilhom” teatridagi Yellow&Blue ko‘rgazmasi tomoshabinlar uchun 28-fevralgacha ochiq va kirish bepul.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
111474
Jamiyat
94613
Jamiyat
90582
Jamiyat
74965
Jamiyat
//
Izoh yo‘q