Jamiyat
Sharof Rashidov tumanining sobiq hokimi Mahmud Xolbo‘tayev sud hukmi bilan 11 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lumot berilishicha, 25-fevral kuni e’lon qilingan jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudining hukmiga muvofiq Mahmud Xolbo‘tayev Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi “b”, “v”, “g” bandlari, 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi, 210-moddasi (pora olish) 3-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
.png)
Unga 3 yil hokimiyat va davlat boshqaruv organlarida mansabdorlik hamda moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda BHMning 150 baravari — 61,8 mln so‘m miqdorida jarima jazosi hamda 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi.
Shu bilan birga, Sharof Rashidov tumani hokimligi qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan N. I. Jinoyat kodeksining 28,210-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Unga 2 yil hokimiyat va davlat boshqaruv organlarida mansabdorlik hamda moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Sudlanuvchilar tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111464
Jamiyat
94609
Jamiyat
90577
Jamiyat
74955
Jamiyat
//
Izoh yo‘q