Jamiyat
2026-yil 25-fevraldan boshlab Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashrif buyuruvchilarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatadi. Bu haqda muzeyning rasmiy sahifasida xabar berildi.
Qayd etilishicha, muzeyning yopilishi bino rekonstruksiyasi, uskunalarni yangilash, raqamlashtirish va yangi ekspozitsiya yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq.
Ta’kidlanishicha, modernizatsiya muzey infratuzilmasini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish, ekspozitsiyalarni kengaytirish hamda tashrif buyuruvchilar uchun yanada qulay va interaktiv muhit yaratishga qaratilgan.
Muzeyning qayta ochilish sanasi keyinroq muzeyning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112236
Jamiyat
94914
Jamiyat
91011
Jamiyat
75789
Jamiyat
//
Izoh yo‘q