Bolalarning ommaviy zaharlanishi bo‘yicha deputat vazirga so‘rov yubordi

Saqlash
12:22 / 25.02.2026 29 0

Joriy yil 21-fevral kuni Farg‘ona shahridagi 3 ta davlat ta’lim tashkilotida bolalarning ommaviy zaharlanishi yuz bergan edi. Holat keng jamoatchilik orasida turli fikr-mulohazalarga sabab bo‘ldi. Deputat Qizilgul Qosimova ushbu dolzarb masalada Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga deputat so‘rovi yubordi.

 

So‘nggi paytlarda turli hududlarida bunday ko‘ngilsiz voqealar takrorlanayotgani fuqarolar, ayniqsa, ota-onalar, Xalq demokratik partiyasi vakillarining haqli e’tirozlarini keltirib chiqarmoqda.

 

Shu yuzasidan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Qizilgul Qosimova holat bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimovaga deputat so‘rovi yubordi

 

Birgalikda ijtimoiy davlat sari | Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi

 

“Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1-son qaroriga muvofiq, Ta’lim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi davlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishni muvofiqlashtirishga mas’ul etib belgilangan.

 

Biroq belgilangan tizim amaliyotda qat’iy va samarali ishlamayotganini ko‘rsatmoqda, natijada esa ko‘plab bolalarning zaharlanishi bilan bog‘liq noxush holatlar yuz bermoqda”, deyiladi partiya rasmiy sahifasida.

 

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha deputat vazirlikka bir nechta savollarni keltirib o‘tdi. Tadbirkorlik subyektlari bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzilishi va autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish yo‘lga qo‘yilishi qay darajada ta’minlangani haqida ham javoblar kutilmoqda.

 

Farg‘ona viloyatida xizmat ko‘rsatishi keltirilayotgan “Garden Catering Trade” MCHJ faoliyati haqida hamda sohadagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar bo‘yicha ham qator savollar qayd etilgan.

 

“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasiga muvofiq, vazir so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yozma javob yuborishi lozim

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//