Feruza Eshmatova Inson huquqlari bo‘yicha vakil etib qayta saylandi

Saqlash
11:13 / 25.02.2026 33 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari 24-fevral kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda Feruza Eshmatovani Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) lavozimiga qayta sayladi. Bu haqda parlament quyi palatasi xabar berdi.

 

Feruza Eshmatova 1979-yilda tug‘ilgan, huquqshunos. Ushbu lavozimga birinchi marta 2021-yilning yanvar oyida saylangan. Bunga qadar u Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.

 

Uning ombudsman etib saylanishini 128 nafar deputat bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi, 2 nafar deputat ovoz bermadi.

 

U o‘z chiqishida qo‘llab-quvvatlash va ishonch uchun minnatdorchilik bildirib, “juda katta sharaf, lekin shu bilan birga, juda katta mas’uliyat” ekanini qo‘shimcha qildi. Ombudsman mamlakatdagi barcha islohotlar negizida “inson, uning sha’ni va qadr-qimmati” yotganini ta’kidladi.

 

Mamlakatda qonunchilik bosqichma-bosqich takomillashib, inson huquqlarini himoya qilishning mavjud mexanizmlari yangilanayotgani va yangilari yaratilayotganini, bu sohada ombudsman instituti oldida “juda katta va muhim vazifalar” turganini qo‘shimcha qildi.

 

Ombudsman ketma-ket ikkita besh yillik muddatdan ortiq saylanishi mumkin emas. Nomzod prezident tomonidan kiritiladi. Endi uni Senat tasdiqlashi lozim.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//