Jamiyat
Yetakchi tijorat banklaridan birining mansabdor xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ma’lum bo‘ldi.
Aniqlanishicha, amaliyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Toshkent viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MCHJda viloyat Soliq boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan audit soliq tekshiruvi natijasida aniqlangan 72 mlrd 956 mln so‘mlik soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni mazkur tizimda yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali bartaraf qilib berish evaziga 110 ming AQSH dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bank mansabdori kelishilgan pul mablag‘i hisobidan 30 ming AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
111458
Jamiyat
94606
Jamiyat
90573
Jamiyat
74950
Jamiyat
//
Izoh yo‘q