Jamiyat
2025-yilda Bola huquqlari boʻyicha vakil nomiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan 1 ming 934 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Bola huquqlari boʻyicha vakil (Bolalar ombudsmani) Surayyo Rahmonova maʼlum qildi.
2025-yilda Bola huquqlari boʻyicha vakilning 35 ta shaxsiy qabulida 141 ta fuqaro qabul qilinib, ularning murojaati koʻrib chiqilgan. Murojaatlar tahlili va monitoring faoliyati asosida bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga yoʻl qoʻyilgani yuzasidan jami 36 ta taʼsir hujjati — 2 ta ogohlantirish, 6 ta taqdimnoma, 25 ta xulosa va 3 ta sud hujjati ustidan protest keltirish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritilgan. Murojaatlarni oʻrganish asosida bolalarga nisbatan sodir etilgan zoʻravonlik holatlari yuzasidan 19 ta jinoyat ishi hamda 26 ta maʼmuriy ish qoʻzgʻatilgan. Taʼlim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zoʻravonlik belgilari aniqlangan holatlar boʻyicha 15 nafar pedagogga nisbatan intizomiy chora qoʻllanilgan.
Shuningdek, oʻtgan davrda bolaning moddiy taʼminoti yuzasidan jami 403 million 745 ming soʻmlik aliment qarzdorligi undirishga koʻmaklashilgan. 52 nafar yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga davlat boji va boshqa toʻlovlarsiz ID-kartalar rasmiylashtirilishiga amaliy yordam koʻrsatilgan. 20 nafar imkoniyati cheklangan bola tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularga reabilitatsiya, psixologik-pedagogik korreksiya xizmatlari tashkil etishda koʻmaklashilgan. Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan 45 nafar bola esa Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarilgan.
Oʻtgan davrda Bola huquqlari boʻyicha vakil tomonidan bola huquqlari himoyasi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yoʻnalishida ham 20dan ortiq tadbirlar tashkil etilgan. Xususan, Oʻzbekiston tashabbusiga koʻra, 2025-yil 11-12-sentyabr kunlari birinchi xalqaro forum oʻtkazilgan. Ushbu tadbir yakuni boʻyicha mintaqaviy xamkorlikning mustahkam asosi sifatida Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston Bolalar ombudsmanlari tomonidan “Markaziy Osiyo davlatlarida bola huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi birinchi xalqaro forumning Deklaratsiyasi imzolangan.
Surayyo Rahmonovaga koʻra, bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarining 34,4 foizi ularning oʻz ota-onalari yoki boshqa yaqinlari tomonidan amalga oshirilgani oilaviy muhitni yaxshilash, oilaviy nizolarni bartaraf etish choralarini kuchaytirishni taqozo etadi. Koʻp hollarda oilaviy nizolarda asosan bolalar jabr koʻrayotgani achinarli.
Shuningdek, Bola huquqlari boʻyicha vakil bolalarning sogʻligʻini saqlash borasidagi saʼy-harakatlar, tizimli ishlar, emlash choralari haqida ham maʼlumotlar berdi. Shu bilan birga, ayrim bolalar sihatgohlari, bolalarni davolash boʻlimlarining moddiy-texnik holati qoniqarsiz ekanligi, zarur shart-sharoitlar yetarli emasligi aniqlanganini maʼlum qildi. Bundan tashqari, 7,5 mingdan ortiq bola inklyuziv taʼlimga jalb etilgan. Yetim va ota-onasiz bolalarni himoya qilish borasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, 662 nafar bolalarga uy-joy xarid qilish uchun mablagʻlar yoʻnaltirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111441
Jamiyat
94602
Jamiyat
90567
Jamiyat
74932
Jamiyat
//
Izoh yo‘q