Jamiyat
Prezidentning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqotida Garvard, Stenford, London iqtisodiyot maktabi kabi nufuzli oliygohlar ilg‘or tajribalar asosida yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitishda hamkorlik qilishga tayyor ekani qayd etildi.
Yoshlar ishlari agentligiga ushbu xorijiy oliygohlar bilan kamida 40 ming yoshlarni biznesga o‘rgatadigan “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturini boshlash topshirildi. Dasturni muvaffaqiyatli tugatgan eng yaxshi 1 ming nafar yoshning loyihasiga uch yil muddatga 200 million so‘mgacha 7 foizli ssuda beriladi.
Har yili “Yosh tadbirkorlar” tanlovi o‘tkazilib, eng yaxshi 100 ta loyihani brendga aylantirish uchun “Yoshlar venchurs” jamg‘armasidan 1 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.
Banklar bittadan konsalting kompaniya tashkil qilib, joriy yilda 50 ming yosh tadbirkorga biznes reja tayyorlashiga ko‘maklashib, ularning xarajatini qoplab beradi. Yirik savdo tarmoqlari vakillari va malakali mutaxassislar jalb qilinib, kamida 20 ming yosh tadbirkorlikka o‘qitiladi.
Shu bilan birga, 1-martdan yangi ish boshlayotgan yosh tadbirkorlarga infratuzilmaga ulanish bilan bog‘liq davlat xizmatlarining xarajatlari Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasidan qoplab beriladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112451
Jamiyat
95115
Jamiyat
91355
Jamiyat
76035
Jamiyat
//
Izoh yo‘q