O‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga kredit miqdori 100 mlndan 300 mln so‘mgacha oshiriladi

Saqlash
13:01 / 24.02.2026 35 0

Prezidentning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqotida har yili 600 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda, 2030-yilga borib, ular 1 millionga yetadi. Yoshlarga o‘ziga mos ish topishi uchun sharoit yaratish – eng muhim masala ekani qayd etildi.

 

Yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilganida ularning uchdan biri tadbirkor bo‘lish istagini bildirgan. O‘tgan yili yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklar va Yoshlar ishlari agentligiga 400 million dollar berilgan edi. Xususan, “Yoshlar biznesi”, “Kelajakka qadam” dasturlari hisobidan 15 ming nafar yoshlar o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi, 50 ming odamni ish bilan ta’minladi.

 

Prezident yoshlar tadbirkorligi uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratilishini e’lon qildi.

 

O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 milliondan 300 million so‘mgacha oshiriladi. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun 10 milliard so‘mgacha kredit ajratish (hozir 5 milliard so‘mgacha) mumkin bo‘ladi. Innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat beriladi. 

 

Servis va umumiy ovqatlanish sohasida 1 mingdan ziyod ish o‘rni yaratgan mahalliy brendlardan franshiza olib, filial ochishga qiziqayotgan yoshlar uchun qulay moliyalashtirish paketlari joriy qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//