Jamiyat
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi aʼzolari va taniqli ulamolar Prezident Shavkat Mirziyoyevga muqaddas Ramazon oyi kirib kelgani munosabati bilan iabrik va minnatdorchilik maktubini yoʻlladi.
Unda dunyoning kamdan-kam mamlakatlarida Ramazon oyini munosib oʻtkazish boʻyicha Davlat Rahbari darajasida alohida qaror qabul qilinishi, Prezident tashabbusi bilan qabul qilinayotgan bunday hujjatlar mazkur oyni yuksak insoniy fazilatlar, saxovat va mehr-muruvvat ayyomiga aylantirayotgani taʼkidlangan.
Ramazon oyi arafasida “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 750 milliard soʻm hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali 300 milliard soʻm mablagʻ ajratilishi – davlatchiligimiz tarixida misli koʻrilmagan muruvvat namunasi boʻlgani qayd etilgan.
“Sizning ushbu tarixiy qaroringiz zamirida buyuk muhaddis bobomiz Imom Buxoriy rivoyat qilgan: “Amallar niyatlarga qarab eʼtiborlidir”, degan muborak hadisi sharifdagi xolis va sof niyatlarning ulugʻ hikmati mujassamdir”, deyiladi maktubda.
Bu tufayli minglab oilalarning mushkuli oson boʻlib, millionlab dillar quvonchga toʻlishi, qancha nogironligi, kasalligi bor kishilarning davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajati qoplab berilishi, shubhasiz, yurtimizga fayzu baraka olib kelishi taʼkidlangan.
Muborak hadisi shariflarda keltirilishicha, “Alloh taolo uchun eng maqbul amal – moʻminning qalbiga quvonch kiritishdir”. Ulamolar Allohning nazarida boʻlgan insonlar qalbiga farah bagʻishlashni Yaratganni rozi qilish bilan qiyoslaganlari hamda siniq koʻngillarni koʻtarish, mahzun dillarga umid berish va insonlarning ogʻirini yengil qilish ilohiy muhabbatga sabab boʻlishini alohida taʼkidlaganlari eslatib oʻtilgan.
Mamlakatdagi 2000 dan ziyod masjidlarda Xatmi Qurʼonlarning tizimli tashkil etilishi, diniy-maʼrifiy sohadagi keng koʻlamli islohotlar, jumladan, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi va Islom sivilizatsiyasi markazining barpo etilishi Prezidentning islom maʼrifatiga qoʻshayotgan bebaho hissasining ifodasi oʻlaroq taʼkidlangan.
“Yaratgan ushbu muborak kunlarda jonajon Oʻzbekistonimizni oʻz panohida asrasin, ezgu niyatlarimiz ijobatini bersin”, deya maktubga yakun yasalgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111436
Jamiyat
94601
Jamiyat
90566
Jamiyat
74930
Jamiyat
//
Izoh yo‘q