Jamiyat
Shavkat Mirziyoyevning 2026-yilgi davlat dasturi toʻgʻrisidagi Farmoniga koʻra, Oʻzbekistonda sunʼiy yomgʻir yogʻdirish texnologiyasini joriy etish boʻyicha pilot loyiha ishlab chiqiladi. Uni amalga oshirishda Fransiya, Xitoy va Saudiya Arabistoni tajribasi asos qilib olinadi.
Loyiha ishga tushirilgach, yogʻingarchilik miqdori tabiiy fonga nisbatan 10−20 foizgacha oshishi mumkin. Loyiha 1-martdan boshlab ishlab chiqiladi. Bunga Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi hamda Toshkent viloyati hokimligi masʼul etib belgilandi.
Suvdan oqilona foydalanish sohasida uch yil davomida 10 ming km ochiq drenajlarni yopiq tizimga oʻtkazish koʻzda tutilgan. 1-martdan boshlanadigan birinchi bosqichda Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlaridagi 3000 km drenaj va kollektor tarmoqlari yopiq tizimga oʻtkaziladi.
Farmonda shuningdek, tajriba tariqasida irrigatsiya kanallarining bir qismini bosimli quvurlarga oʻtkazish rejalashtirilgan. 2026-yil yakuniga qadar Qashqadaryo viloyatidagi kamida 54,1 km tarmoq shisha tolali (stekloplastik) quvurlardan foydalangan holda toʻliq yopiq tizimga oʻtkaziladi.
504 ming gektar yer maydonida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilgan boʻlib, bu 5 mlrd kub metr suvni iqtisod qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, 1300 kilometr kanallar, sugʻorish tarmoqlari va boshqa irrigatsiya obyektlari oʻzanlarini betonlash hisobiga yiliga qoʻshimcha 500 million kub metr suv tejaladi. Xususan, 75,4 ming gektarda tomchilatib sugʻorish, 97 ming gektarda yomgʻirlatib sugʻorish va 26,2 ming gektarda diskret (pulsar) sugʻorish usullari joriy etiladi. Suvning maydon boʻylab tekis taqsimlanishini taʼminlash uchun 203 ming gektar yerda lazerli tekislash ishlari amalga oshiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111436
Jamiyat
94601
Jamiyat
90566
Jamiyat
74930
Jamiyat
//
Izoh yo‘q