AQSh va O‘zbekiston muhim minerallar bo‘yicha kelishuv imzoladi

Saqlash
16:43 / 23.02.2026 28 0

Foto: Dunyo AA

 

AQSh hukumati O‘zbekiston bilan Markaziy Osiyo mamlakatlarining eng muhim foydali qazilmalaridan yaxshiroq foydalanish imkoniyatini taʼminlash bo‘yicha kelishuv imzoladi. Amerikaning nufuzli “Reuters” nashrida mazkur mavzuga doir maqola e'lon qilindi.

 

Bitim  “Qo‘shma investitsiya dasturi” (Joint Investment Framework) deb ataladi.

 

AQSh Xalqaro taraqqiyot va moliya korporatsiyasi tomonidan tayyorlangan hujjatda aytilishicha, mazkur kelishuv bitimi Markaziy Osiyoning aholisi eng ko‘p va jadal rivojlanayotgan mamlakati bilan strategik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

 

Taʼkidlanishicha, hamkorlik davomida muhim mineral resurslar, jumladan, geologiya-qidiruv, qazib olish va qayta ishlashning butun qiymat zanjiri bo‘ylab investitsiyalarga ustuvor ahamiyat beriladi. 

 

Bundan tashqari, kelajakda mineral resurslar va infratuzilma loyihalari uchun yangi AQSh–O‘zbekiston qo‘shma investitsiya xolding kompaniyasini tashkil etish taklif qilinmoqda.

 

“2025-yil noyabr oyida AQSh yetakchisi Oq uyda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlat rahbarlarini qabul qildi. Shu oy boshida foydali qazilmalar bo‘yicha sammit o‘tkazilib, unda 11 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston bilan muhim mineral resurslarni yetkazib berish bo‘yicha qator memorandumlar imzolandi”, deyildi maqolada.

 

Maqolada keltirilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar dasturini amalga oshirmoqda. Qariyb 40 million aholi yashaydigan mamlakatda oltin, uran va misning katta zaxiralari, zamonaviy texnologiyalar asosida yotgan litiy va volfram kabi o‘nlab muhim minerallarning hali o‘zlashtirilmagan katta zaxiralari mavjud.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//