Jamiyat
Turkiya din ishlari idorasi huzuridagi “Diyonat fondi” (Diyanet Vakfı) O'zbekistonda “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” shiori ostida o‘tkazilayotgan xayriya ishlariga o‘z hissasini qo‘shdi.
Xabarga ko'ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” jamoat fondi muvofiqlashtiruvida amalga oshirilgan ushbu tadbir doirasida Surxandaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 900 ta kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat muruvvat yordamlari yetkazib berilgan.
“Ramazon oyi qardosh O‘zbekiston xalqiga baraka va xotirjamlik olib kelsin! Bu yurtda Ramazon udumlari, oilaviy iftorliklar va Qurʼon xatmlari juda go‘zal tarzda amalga oshirilmoqda. Biz buni ko‘rib juda xursand bo‘lamiz. Ushbu xayrli amallar qardoshlik rishtalarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”, degan Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi maslahatchisi Mahmut Turk.
Ta'kidlanishicha, “Vaqf” va “Diyonat” fondlari o‘rtasidagi hamkorlik kelgusida boshqa hududlarda ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112100
Jamiyat
94785
Jamiyat
90823
Jamiyat
75626
Jamiyat
//
Izoh yo‘q