
Jamiyat
Yoʻl patrul xizmati hamda post-patrul xizmatining statsionar postlarida “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tizimini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan Hukumat qarori loyihasida aks ettirilgan.
Unga koʻra, 2022-yil 1-martdan boshlab Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan “Chinor” va Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan “Namangan” yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tizimi joriy etiladi. Bu tartib bosqichma-bosqich respublikaning qolgan yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida ham qoʻllaniladi.
Maʼlum qilinishicha, bu belgilar xalqaro va davlat ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻllarining serqatnov joylarida tashkil etiladi.
Transport vositalarining harakati avtomatlashtirilgan tizim orqali qayd qilinib, haydovchilarga yorugʻlik diodli ekran orqali ishora berish yoʻli bilan tashkil etilgan yoʻlaklar yordamida tartibga solinadi.
Nizomga koʻra:
Yaʼni, qizil yoʻlakdan harakatlanishi buyurilgan transport vositalari boʻyicha tegishli tekshiruv ishlari oʻtkaziladi, aniqlangan kamchiliklarni (qarzdorlik boʻyicha postlarda tashkil etilgan bank terminallari orqali toʻlovni amalga oshirish, transport vositalarini vaqtincha ushlash maydonchalariga joylashtirish) bartaraf etgan holda harakatini davom ettirishga ruxsat berish choralari koʻriladi.
Loyihada belgilanishicha, postlarda xizmat oʻtayotgan xodimlar:
Maʼlum boʻlishicha, yashil yoʻlakda harakatlanib kelayotgan transport vositasini qonunchilik hujjatlariga muvofiq hollarda toʻxtatilishi va tekshirilishi mumkinligi aytilmoqda.
Bunda haydovchilar postga kelganda monitordagi ishoralarga soʻzsiz rioya etishi kerar boʻladi. Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
“Yashil” va “Qizil” yoʻlak tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladigan statsionar postlar roʻyxati:
Birinchi bosqichda:
Ikkinchi bosqichda:
Uchinchi bosqichda:
Shuningdek, inson omilini cheklagan holda transport vositalari toʻsiqsiz harakatlanishi taʼminlanadi hamda transportlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni masofadan uzatish va harakatlanishini nazorat qilish imkoniyatini yaratuvchi “RFID” (Radio chastotani identifikatsiyalash texnologiyasi) tizimi joriy etiladi.
Bu bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kirish-chiqish joylaridagi yoʻl-patrul xizmati maskanlari, blokpost va toʻsiq postlarida “RFID” tizimi eksperiment tariqasida qoʻllanadi. Unga IIV masʼul organ sifatida belgilanmoqda.
Shuningdek, 2023-yilning ikkinchi choragiga — aprel oyiga qadar “RFID” tizimini joriy etish doirasida Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududida roʻyxatga olingan transport vositalari ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish hamda ularni texnik koʻrikdan oʻtkazishda “maxsus belgi bilan jihozlangan stiker”lar bilan bepul taʼminlanishi mumkin.
Buning uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil mart oyiga qadar “Yashil” va “Qizil” yoʻlaklar hamda “RFID” tizimlarini joriy etish boʻyicha texnik hujjatlar ishlab chiqiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q