Jamiyat
2026-yil 1-yanvardan boshlab chiqindi xizmatlari uchun toʻlovlar jismoniy va yurdik shaxslar tomonidan faqat onlayn tarzda barcha elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshiriladi, deb xabar berdi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi.
Unga koʻra, endi xizmat uchun toʻlovlarni uyma-uy undirish amaliyoti toʻxtatiladi. Mazkur chora-tadbirlar sohada aholiga qulay toʻlov tizimini yaratish, billing hisoblarini yuritishda shaffoflikni taʼminlash va korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Bu borada agentlik tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi barcha sanitar tozalash korxonalariga tegishli koʻrsatmalar berilgan.
2026-yilning yanvar oyidan boshlab toʻlovlar
Joriy tartibga koʻra, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlgan isteʼmolchilar qisqa xabarnoma (SMS) orqali xabardor qilinganidan keyin mazkur qarzdorlik bartaraf etilguniga qadar ulardan elektr energiyasi uchun toʻlovlarni qabul qilish cheklanadi.
Bundan tashqari, Prezident topshirigʻiga koʻra, chiqindi mashinalarining kelish vaqti va yoʻnalishini onlayn bilishi mumkin boʻladi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109789
Jamiyat
94162
Jamiyat
89969
Jamiyat
73170
Jamiyat
//
Izoh yo‘q