Ertaga respublikaning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻib, qorga aylanishi mumkin

Saqlash
18:01 / 04.11.2025 86 0

Ertaga, 5-noyabr kuni respublikaning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻib, qorga aylanishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

 

Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 5-7 daraja iliq boʻladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq boʻladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

 

Samarqand viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi. yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi-3 daraja sovuq-2 daraja iliq boʻladi.
 

Avvalroq 6-noyabrdan boshlab hafta soʻngigacha Respublika boʻylab yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib qolishi, baʼzi hududlarda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkinligi, havo harorat 3-5 daraja iliqqacha, kunduzi 13-16 daraja iliqqacha koʻtarilishi prognoz qilingan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//