Xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati muhokama uchun eʼlon qilindi

Saqlash
18:23 / 04.11.2025 63 0

Endilikda 17 ta kasallik va holatda xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi. Sogʻliqni saqlash vazirligi Salomatligi sababli xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar va holatlar roʻyxati loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qildi.

Roʻyxatdan quyidagi 17 ta kasallik oʻrin olgan:

 

- oʻmrov va toʻsh suyagi sinishi;
- yelka kamari sinishi;
- qovurgʻalar sinishi;
- umurtqa pogʻonasining kompression sinishi;
- oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalliklari (IV bosqich);
- bronxial astma (IV bosqich);
- oʻpkaning interstitsial zararlanishi;
- oʻpkaning bir qismi yoki butun qismini (chap yoki oʻng) olib tashlanishi;
- surunkali yurak yetishmovchiligining III bosqichi va dekompensatsiya bosqichi;
- III darajali (morbid) semizlik (BMI ≥ 40);
- past boʻylik (nanizm) — 150 sm dan past;
- qoʻl yoki yelka harakatini cheklovchi nevrologik kasalliklar;
- terining koʻkrak qismida joylashgan ogʻir allergik yoki dermatologik kasalliklarining ogʻir shakllari (ekzema, psoriaz);
- koʻkrak yoki yelka sohasida protez yoki implantlar qoʻyilishi;
- koʻkrak qafasi va qorin boʻshligʻiga oʻtkazilgan ochiq turdagi operatsiyalar;
- stomalar (sunʼiy chiqish yoʻli) qoʻyilishi;
- koʻkrak qafasi sohasidagi yirik hosilalar (oʻsma);
- homilador ayollar.

 

Qayd etilishicha, ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi boʻyicha “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimi orqali shakllantirilgan QR-kodli (shtrixli kod) elektron tibbiy maʼlumotnomalar fuqaro biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi tomonidan beriladi.

 

Tegishli tibbiy maʼlumotnoma olti oy davomida amal qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//