Iqtisod
O‘zbekistonda joriy yil yozidan boshlab “kreditga taqiq” xizmatidan foydalanish imkoni yo‘lga qo‘yildi. Bu xizmat fuqarolarga o‘zining ishtiroki, roziligisiz kredit rasmiylashtirilishining oldini olish imkonini beradi.
"Kredit-axborot tahliliy markazi" kredit byurosi" tahliliga ko‘ra, xizmatdan bugunga qadar asosan erkaklar foydalanmoqda.
.jpg)
Xususan:
– Xizmat ishga tushganidan buyon 4 oy ichida 150 mingga yaqin fuqaro undan foydalangan.
– Foydalanuvchilarning 68 foizi erkaklar, 32 foizi ayollardan iborat.
– Yosh kesimida esa eng faol foydalanuvchilar 26–35 yosh oralig‘idagi shaxslar bo‘lib chiqdi.
“Kreditga taqiq” xizmatining maqsadi:
– Kreditni soxta yo‘l bilan yoki fuqaroning roziligisiz rasmiylashtirish holatlarining oldini olish.
– Fuqarolarga o‘z moliyaviy xavfsizligini mustaqil nazorat qilish imkonini yaratish.
Malumot uchun, “Kreditga taqiq”ni yoqish yoki o‘chirish 4 xil usulda amalga oshirish mumkin:
–  “KATM” mobil ilovasi orqali;
– portal.infokredit.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali;
– my.gov.uz elektron hukumat portali orqali;
– Davlat xizmatlari markazlari orqali.
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Iqtisod
                  Siyosat
                  Jamiyat
             109695
          Jamiyat
             94081
          Jamiyat
             89860
          Jamiyat
             73020
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q