Jamiyat
Hukumat qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilish va o‘qitish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Unga ko'ra, akademiyada oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul quyidagi ta’lim shakllari bo‘yicha tashkil etiladi:
▪️ tayanch doktorantura;
▪️ doktorantura;
▪️ mustaqil izlanuvchilik.
Hujjatlar Yagona elektron tizim yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali topshiriladi.
Tayanch doktorantura va doktoranturaga o‘qishga kirish uchun hujjatlar har yili 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar qabul qilinadi.
Tayanch doktorantura va doktoranturaga kirish imtihonlari har yili 1-noyabrdan 25-noyabrga qadar o‘tkaziladi.
Akademiyada tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish bo‘yicha tanlov har biri 100 balli baholash tizimiga asoslangan quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:
▪️ 1-bosqich – talabgorlar mutaxassislik fanlaridan imtihon (yozma, og‘zaki, test) topshiradi;
▪️ 2-bosqich – talabgorlar dissertatsiya rejasining mufassal loyihasini taqdimot qiladi.
Kirish imtihonlari natijalari haqidagi ma’lumotlar imtihonlar yakunlangandan so‘ng akademiyaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
111419
Jamiyat
94599
Jamiyat
90562
Jamiyat
74910
Jamiyat
//
Izoh yo‘q