Hafta davomida yog‘ingarchilik kuzatiladi

Saqlash
12:22 / 23.02.2026 52 0

O‘zgidromet 28-fevralgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unga ko'ra, Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ertaga, shuningdek, 25- va 28-fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik(yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 26-27-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

 

G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Ertaga ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Harorat kechasi kechasi 24-25-fevralda -3° sovuq– +2° iliq, 26-27-fevralda -2– -7° sovuq, 28 fevralda 0– -5° sovuq; kunduzi 24-fevralda +2– +7° iliq, 25–28-fevralda 0– +5° bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ertaga va indinga ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 26–28-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

 

G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26-fevralda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha, 25-fevralda ayrim joylarda ba’zida 20–23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Harorat kechasi — ertaga va indinga +3– +8°, 26-27-fevralda +1– +6°, 28 fevralda +3– +8° iliq; kunduzi — 24-fevralda +13– +18°, 25-fevralda +10– +15°, 26-fevralda +8– +13°, 27-fevralda +10– +15°, 28-fevralda +13– +18° iliq bo‘ladi.

 

Navoiy viloyati shimolida kechasi — 25-fevralda -3° sovuq– +2° iliq, 26-27-fevralda -2– -7° sovuq, 28-fevralda 0– -5° sovuq, kunduzi 0– +5° iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ertaga faqat Toshkent viloyatining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. 25-26 fevralda esa ushbu viloyatlarning ba’zi joylarida yog'ingarchilik kuzatiladi. 

 

G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 25-26-fevralda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 20–23 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

 

Harorat kechasi — ertaga +3– +8°, 25-fevralda +5– +10°, 26–28 fevralda +3– +8° iliq; kunduzi — ertaga va indinga +13– +18°, 26-27-fevralda +10– +15°, 28-fevralda +13– +18° iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. 25-26-fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 27-28-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

 

G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 25-26-fevralda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha, ayrim joylarda esa ba’zida 20–23 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

 

Harorat kechasi — 24–26-fevralda +5– +10° iliq, 27-28-fevralda  +3– +8° iliq; kunduzi — ertaga va indinga +18– +23°, 26-fevralda +12– +17°, 27-fevralda +15– +20°, 28-fevralda +20– +23° iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ertaga va indinga, shuningdek, 28-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26-27-fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

 

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5–10 m/s tezlikda esadi.

 

Harorat kechasi — +3– +8° iliq, kunduzi — 24-25- va 28-fevralda +13– +18° iliq, 26-27-fevralda +10– +15° iliq bo‘ladi.

 

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 24–26-fevralda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 26-fevralda ayrim joylarda kuchli bo‘ladi.

 

G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 25-26-fevralda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

 

Harorat kechasi — ertaga 0-5°, 25-fevralda -2° sovuq– +3° iliq, 26-fevralda -2° sovuq– +3° iliq; 27-28-fevralda -2– -7° sovuq; kunduzi — ertaga +3– +8°, 25-fevralda +7– +12°, 27-28-fevralda 0– +5° iliq bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//