Jamiyat
Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ijtimoiy tarmoqlarda kosmetolog sifatida tanilgan shaxs o‘z blogida milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanib tayyorlangan xatti-harakatlar aks etgan videolavhalar joylashtirgani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu kosmetologning tarqatayotgan videolari jamoatchilik tomonidan ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan.
Natijada, qo‘mita tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan qonun buzilishi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli tartibda sud organlariga yuborilgan.
“Agarda ushbu holat ma’muriy javobgarlik qo‘llanganidan so‘ng ham davom ettirilgan taqdirda, holatga huquqiy baho berish uchun tegishli ma’lumotlar Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 16-moddasiga asosan, reklamada milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek, axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, ibora va obrazlardan foydalanish taqiqlanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112100
Jamiyat
94785
Jamiyat
90823
Jamiyat
75625
Jamiyat
//
Izoh yo‘q