O‘zbekistonliklardan viza talab qilmaydigan davlatlar soni 16 taga ko‘payadi

Saqlash
09:22 / 23.02.2026 303 0

2026-yil 16-fevralda tasdiqlangan yangi tahrirdagi “O‘zbekiston 2030” strategiyasida kelgusi besh yilda O‘zbekiston fuqarolari vizasiz kira oladigan davlatlar soni 16 taga ko‘payishi maqsad sifatida belgilandi. 

 

Ma’lumot uchun, hozirda o‘zbekistonliklar vizasiz boroladigan davlatlar soni 34 ta. Strategiyada yozilishicha, 2030-yilgacha bunday mamlakatlar soni 50 taga yetkaziladi.

 

Xabarga ko‘ra, joriy yilda fuqarolar uchun yana ikkita mamlakatga vizasiz rejim yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilangan. 2027-yilda ham O‘zbekiston fuqarolari yana 2 ta davlatga vizasiz kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 2028-yilda vizasiz rejimga o‘tkazilgan davlatlarning umumiy soni 42 taga, 2029-yilda 46 tagacha ortadi. 

 

Shuningdek, bugungi kunda o‘zbekistonliklar 42 ta mamlakatga soddalashtirilgan viza tartibida kirish imkoniyatiga ega. “O‘zbekiston 2030” strategiyasida  bu raqamni 60 taga yetkazish belgilangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

17:39 / 06.04.2026 0 55
Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Jamiyat

16:49 / 06.04.2026 0 95
Ayollar nega uzoqroq umr ko‘rishadi?

Jamiyat

11:52 / 06.04.2026 0 89
Talabalarning qanday huquqlari bor?

Jamiyat

10:22 / 06.04.2026 0 29
9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
112100
75626

//