Madaniyat
Boburiylar hukmronligi davrida turli xil oltin va kumush tangalar zarb qilingan. Ularning ba’zilari muomala uchun bo‘lsa, ba’zilari faqatgina elchilar, saroy ayonlari va sodiq xizmatkorlarga shohona sovg‘a sifatida taqdim qilingan.
Nuriddin Jahongir otasi Akbardan keyin Boburiylar saltanati taxtiga o‘tirgan. Bungacha u Salim nomi bilan mashhur bo‘lgan.
Salim nomi ostida zarb qilingan tangalar Qobul va Ahmadobod zarbxonalaridan keltirilgan. U o‘z hukmronligining birinchi yilida otasining portreti tushirilgan oltin muhr chiqargan. Hukmronligining oltinchi va to‘qqizinchi yillarida esa o‘zining portreti tushirilgan oltin tangalar zarb qilgan.
Ayrim tangalarning old tomonida hukmdor qo‘lida bir qadah sharob yoki Qur’oni karim bilan tasvirlangan bo‘lsa, orqa tomonida quyosh fonida tasvirlangan sherni ko‘rish mumkin. Bu tangalar keng muomalada foydalanishga mo‘ljallanmagan, balki elchilar, saroy ayonlari va sodiq xizmatkorlarga shohona sovg‘a sifatida taqdim qilingan.
Jahongir o‘z hukmronligining o‘n uchinchi yilida osmon burjlari nusxali oltin va kumush tangalar chiqargani bilan ham shuhrat qozongan. Ushbu tangalarning old tomonida ikki misra forscha she’r, orqa tomonida burj belgilari tasvirlangan. U o‘zining tarjimayi holida burj belgilari tushirilgan tangalarni chiqarish o‘zining shaxsiy g‘oyasi bo‘lganligini qayd qilib o‘tgan. Jahongir chiqargan tangalarning muhim xususiyati fors tilidagi baytlar edi. Bunday tangalar turli zarbxonalarda zarb qilingan va har xil baytlar bilan bezatilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111346
Jamiyat
94580
Jamiyat
90544
Jamiyat
74839
Jamiyat
//
Izoh yo‘q