Jamiyat
18–19-fevral kunlari Italiya poytaxti Rim shahrida O‘zbekiston va Italiya oliygohlari rektorlarining Ikkinchi forumi bo‘lib o‘tdi. Ikki kunlik anjuman oliy ta’lim tizimidagi hamkorlikni muhokama qilish barobarida uni aniq mexanizmlar asosida kengaytirish bo‘yicha 20 dan ortiq shartnomalarga erishish imkonini berdi.
Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Italiya universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Mariya Bernini ishtirok etdi. Tomonlar ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik so‘nggi yillarda sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.
.png)
Qayd etilishicha, forum doirasidagi sessiya va uchrashuvlar asnosida tomonlar universitetlararo aloqalarni kengaytirish, qo‘shma magistratura va doktorantura dasturlarini yo‘lga qo‘yish, akademik almashinuvlarni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, Erasmus+ dasturi doirasida shu kungacha 30 ga yaqin qo‘shma loyiha amalga oshirilgani, 300 dan ortiq o‘zbekistonlik yoshlar Italiya universitetlarida tahsil olayotgani va bu kabi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, 2025-yil yanvar oyida e’lon qilingan qo‘shma ilmiy tanlov yakunlari e’lon qilindi. 199 ta taklif ichidan eng yuqori ball to‘plagan 10 ta loyiha O‘zbekiston–Italiya Qo‘shma boshqaruv qo‘mitasi tomonidan moliyalashtirish uchun tanlab olindi.
.png)
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Italiyaning turli oliygohlarida tahsil olayotgan bir guruh o‘zbekistonlik talabalar bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.
Ikki kunlik forum O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi.
.png)
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111346
Jamiyat
94580
Jamiyat
90544
Jamiyat
74838
Jamiyat
//
Izoh yo‘q