Jamiyat
O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat biroz tushadi. Shanba kuni Turkmaniston orqali nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zgidromet.
Juma kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kun o‘rtasiga kelib havo +20…+25 darajagacha isiydi. Bunday harorat qish faslining oxirigi oyiga qaraganda bahor faslining o‘rtalariga xos ekani qayd etilgan.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Havo harorati respublika shimolida +8…+13 daraja atrofida bo‘ladi. 21-fevral kuni kechasi va ertalab respublikaning aksariyat hududlarida (Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidan tashqari) yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ertalab va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 21 fevral kuni yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20–25 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
Shanba kunduzgi havo harorati me’yoriy qiymatlargacha pasayadi va +9…+14 daraja atrofida bo‘ladi. Yakshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi va harorat +15…+18 darajagacha ko‘tariladi.
Dam olish kunlari kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Toshkent shahrida juma kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +22…+24 daraja iliq bo‘ladi. 21 fevralda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi va kunduzi +11…+13 daraja bo‘ladi.
Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi +3…+5, kunduzi +14…+16 daraja bo‘ladi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, 20 fevralda kechqurun va 21 fevralda 10–12 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111345
Jamiyat
94580
Jamiyat
90544
Jamiyat
74836
Jamiyat
//
Izoh yo‘q