Jamiyat
Saudiya Arabistoni 2026-yilgi haj mavsumi oldidan umra safarlari rasman cheklanishini ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, umra vizalarini rasmiylashtirish 19-mart kuni yakunlanadi. Ushbu sanadan keyin yangi umra vizalari berilmaydi.
Qayd etilishicha, xorijlik ziyoratchilarning mamlakat hududiga kirishi uchun so‘nggi muddat 2-aprel 2026-yil etib belgilangan. Bu muddatdan keyin umra maqsadida kirishga ruxsat berilmaydi. Shu bilan birga, barcha ziyoratchilar 18-aprel 2026-yilga qadar Saudiya Arabistonini tark etishlari shart.
Belgilangan cheklovlar haj mavsumiga infratuzilmaviy va xavfsizlik jihatidan tayyorgarlik ko‘rish maqsadida joriy etilmoqda. Makka va Madina shaharlarida resurslar, tibbiy xizmatlar, transport va joylashtirish tizimi to‘liq haj ziyoratchilari ehtiyojlariga yo‘naltiriladi.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bir vaqtning o‘zida ham umra, ham haj ziyoratchilarini qabul qilish katta tirbandlik va xavfsizlik xatarlarini keltirib chiqaradi. Shu bois umra vaqtincha to‘xtatilib, barcha kuch va imkoniyatlar haj tadbirlariga safarbar etiladi.
Viza muddatini buzish yoki belgilangan vaqtdan ortiqcha qolish Saudiya qonunchiligiga muvofiq qat’iy jazolarga sabab bo‘ladi. Jumladan, moliyaviy jarimalar, deportatsiya va keyingi safarlarga taqiq choralari qo‘llanishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111345
Jamiyat
94580
Jamiyat
90544
Jamiyat
74836
Jamiyat
//
Izoh yo‘q