Jamiyat
Adliya vazirligi “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Endilikda O‘zbekistonda davlat bayrog‘idan foydalanish va uni namoyish etish tartibi yanada aniqlashtiriladi.
Unga ko‘ra, bayroqni dastasiz vertikal holatda devor yoki boshqa konstruksiyaga osish tartibi alohida modda bilan belgilab qo‘yiladi. Unda oy va 12 ta yulduz tasviri yuqori o‘ng burchakda joylashishi shartligi qayd etilgan. Shuningdek, bayroqning pastki qismi yer sathidan kamida 30 santimetr baland bo‘lishi kerak.

Hujjatda bayroqni teskari yoki notekis holatda namoyish etish, uning ustiga buyum qo‘yish hamda hurmatsizlikni anglatuvchi har qanday harakatlar qat’iyan taqiqlanishi belgilanmoqda. Bu normalar davlat ramzlariga nisbatan yagona standartni ta’minlashga qaratilgan.
Majlislar zallari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va diplomatik vakolatxonalarda bayroqni joylashtirish talablari ham qayta ko‘rib chiqilmoqda. Boshqa bayroqlar bilan birga namoyish etilganda, O‘zbekiston davlat bayrog‘i markazda yoki o‘ng tomonda ustuvor tarzda joylashtirilishi shart bo‘ladi.
Ommaviy tadbirlarda esa bayroq old o‘ng qanotda yoki markazda turishi, uni boshqa bayroqlardan keyin olib yurishga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘zda tutilgan.
Loyiha bilan davlat bayrog‘ini tobut ustiga yopish tartibi ham alohida moddada mustahkamlanadi. Unda bu huquq kimlarga berilishi va marosimda joylashuv qoidalari aniq ko‘rsatiladi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirishi rejalashtirilgan.
Hujjatda hukumat qarorlarini yangi normalarga muvofiqlashtirish, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish hamda aholiga tushuntirish ishlarini tashkil etish vazifasi belgilangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111339
Jamiyat
94577
Jamiyat
90540
Jamiyat
74833
Jamiyat
//
Izoh yo‘q