Jamiyat
“O‘zbekkosmos” birinchi o‘zbek kosmonavtini tanlov asosida aniqlaydi. Bu haqda agentlik direktori o‘rinbosari Muhiddin Ibrohimov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Kosmonavtlikka talab yuqori bo‘ladi, sog‘liq, fiziologiya, ilmiy, xorijiy til bilish nuqtayi nazaridan. Umumxalq tanlovi qilmoqchimiz. Bo‘lajak kosmonavt hozir o‘qiyotgan bo‘lishi yoki ishlayotgan bo‘lishi mumkin. Kim bo‘lishidan qat’i nazar, kosmonavt bo‘lish juda katta baxt”, dedi Ibrohimov, biroq tanlovning shartlari va muddatiga aniqlik kiritmadi.
Shuningdek, u prezidentga sun’iy yo‘ldoshlarning turli modellari bo‘yicha taqdimot tayyorlanayotganini ma’lum qildi.
Ibrohimov so‘zlariga ko‘ra, hozir Yaponiyaning Kyusyu texnologiya institutida ta’lim olayotgan 7 nafar o‘zbekistonlik talaba birinchi milliy ilmiy sun’iy yo‘ldosh yaratish ustida ishlamoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111339
Jamiyat
94577
Jamiyat
90540
Jamiyat
74833
Jamiyat
//
Izoh yo‘q