Jamiyat
Transport vaziri oʻrinbosari Jasur Choriyev Vengriyaning Magnus Aircraft Zrt. kompaniyasi bosh ijrochi direktori Laszlo Boros bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar kompaniya tomonidan ishlab chiqariladigan Magnus Fusion 212 rusumli samolyotlarni Oʻzbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatini muhokama qildi.
Maʻlumot oʻrnida, Magnus Aircraft Zrt. kompozit materiallardan innovatsion samolyotlarni loyihalash, ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanuvchi Vengriyaning xalqaro kompaniyasi hisoblanadi.
Kompaniyaning bosh qarorgohi Vengriyaning Pogani shahrida, Pech–Pogani xalqaro aeroporti yaqinida joylashgan boʻlib, qariyb 8000 kvadrat metr maydonni egallaydi.
Shuningdek, Magnus guruhining vakillari AQSh, Xitoy, Keniya, Nigeriya, Serbiya hamda Yaqin Sharq mamlakatlarida oʻz faoliyatini olib boradi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112451
Jamiyat
95115
Jamiyat
91355
Jamiyat
76035
Jamiyat
//
Izoh yo‘q