Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga amaliy tashrifi mamlakat savdo vaziri Xovard Latnik bilan uchrashuvdan boshlandi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston – AQSh strategik sherikligini yanada mustahkamlashning amaliy jihatlari, shuningdek, ustuvor yoʻnalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Qoʻshma Shtatlar Oʻzbekistonning asosiy sheriklaridan biri ekanligi mamnuniyat bilan qayd etildi. Taʼkidlanishicha, oʻzaro savdo hajmi 1 milliard dollardan oshgan, Oʻzbekiston bozorida AQSHning 340 ga yaqin kompaniyalari faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, energetika, oʻta muhim minerallar, transport, qishloq xoʻjaligi, axborot texnologiyalari va boshqa sohalarda yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Hozirda qiymati 35 milliard dollar boʻlgan uch yillik Iqtisodiy hamkorlik dasturi amal qilmoqda.
Bugun ishbilarmonlik tadbirlari doirasida bir qator muhim kelishuvlar imzolanishi kutilyapti.
Ustuvor loyihalarni tizimli qoʻllab-quvvatlash uchun yaqinda tashkil etilgan Ishbilarmonlik kengashining imkoniyatlaridan foydalanish va Investitsiya platformasini ishga tushirish zarurligi taʼkidlandi.
Muzokaralarda savdo munosabatlarini rivojlantirish hamda Oʻzbekiston viloyatlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111318
Jamiyat
94574
Jamiyat
90536
Jamiyat
74814
Jamiyat
//
Izoh yo‘q