Toshkentda tarovih namozi vaqtida ba’zi ko‘chalar yopiladi

Saqlash
18:28 / 18.02.2026 46 0

Toshkent shahrida ramazon oyi kechalarida tarovih namozlari o‘qiladigan masjidlar atrofida harakat xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash maqsadida ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 18-fevraldan boshlab har kuni soat 18:00 dan 00:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llarda transport vositalari harakati to‘xtatiladi. Cheklovlar Mirzo Ulug‘bek, Bektemir, Yashnobod, Mirobod, Sergeli, Yakkasaroy, Yangihayot, Shayxontohur, Olmazor, Yunusobod, Uchtepa va Chilonzor tumanlaridagi qator masjidlar atrofini qamrab oladi.

 

Mirzo Ulug‘bek tumani:

  • “Tepa” masjidi — Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar.

 

Bektemir tumani:

  • “Alibek” masjidi — M.Avezov ko‘chasidan X.Boyqaro ko‘chasiga qadar.

 

Yashnobod tumani:

  • “Islomota” masjidi — Farg‘ona yo‘li ko‘chasining ikkinchi darajali yo‘lidan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar.

  • “Ali ibn Abu Tolib” masjidi — Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar.

 

Mirobod tumani:

  • “Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja” masjidi — Yangi-Qo‘yliq—Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan 5-tor Fayziobod ko‘chasiga qadar.

  • “Qo‘yliq ota” masjidi — TXAY—Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar.

 

Sergeli tumani:

  • “Ma’ruf ota” masjidi — Choshtepa ko‘chasidan 1-tor Choshtepa ko‘chasiga qadar.

  • “No‘g‘ay qo‘rg‘on” masjidi — Yangi Sergeli–S.Xo‘janov ko‘chalari kesishmasidan S.Xo‘janov–Mohidil ko‘chalari kesishmasigacha.

 

Yakkasaroy tumani:

  • Usmon bin Ma’zum masjidi — KXAY–Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY–Qushbegi chorrahasigacha.

  • Yakkasaroy masjidi — Sh.Rustaveli–Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy–Bog‘ubo‘ston chorrahasigacha.

  • Rakat masjidi — J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar.

 

Yangihayot tumani:

  • Niyozmat ota masjidi — TXAY–Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga kirish qadar.

 

Shayxontohur tumani:

  • Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi — Ko‘kcha Darvoza–Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza–Beshqayrag‘och chorrahasigacha.

  • Kamolon masjidi — Bunyodkor–Kamolon chorrahasidan Kamolon–2-tor Ustazoda chorrahasigacha.

 

Olmazor tumani:

  • Hazrati imom masjidi — Nurafshon–Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy–A.Qodiriy chorrahasigacha.

  • Islomobod masjidi — KXAY–Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon–Sag‘bon chorrahasigacha.

  • Do‘stjonboy (Sulola) masjidi — Sag‘bon–12-tor Sag‘bon chorrahasidan Keles yo‘li–Noraztepa chorrahasigacha.

 

Yunusobod tumani:

  • Mirza Yusuf masjidi — Bog‘ishamol ko‘chasida Shivli ko‘chasiga qadar.

 

Uchtepa tumani:

  • Abdullox ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi — Katta Qani aylanmasidan Lutfiy–Katta Xirmontepa ko‘chasi chorrahasigacha.

  • Hazrati Ali masjidi — Nazarbek–Mahorat chorrahasidan Nazarbek–1-tor Zamaxshari ko‘chasigacha.

 

Chilonzor tumani:

  • Novza masjidi — Bunyodkor–Muqumiy ko‘prigi tagidan ikkinchi darajali yo‘l orqali Bunyodkor–Kamolon ko‘prigigacha.

  • Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi — Al-Xorazmiy–Gavhar chorrahasidan So‘galliota ko‘chasiga qadar.

  • Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi — Al-Xorazmiy–Katta Xirmontepa chorrahasidan Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab Al-Xorazmiy–Katta Qani chorrahasigacha.

 

Mazkur ko‘chalarda faqat maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi. Fuqarolardan vaqtinchalik noqulayliklarni inobatga olib, harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish so‘ralgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//