Jamiyat
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita 2026-yildagi Ramazon oyiga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda tegishli idoralar tomonidan ko‘rilgan tashkiliy choralar yuzasidan ma’lumot berdi.
Aytilishicha, “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi prezident qaroriga asosan fazilatli oyda “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” g‘oyasi asosida amalga oshiriladigan vazifalar belgilandi.
Xususan, Ramazon oyida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 2 148 ta masjiddan 2101 tasida tarovih namozlari o‘qiladi. Shundan, 1 762 tasida to‘liq xatmona — “Xatmi Qur’on” tadbirlari o‘tkaziladi. Ushbu jarayonga 3 642 nafar iqtidorli qori saralab olindi.
So‘nggi yillardagi ijobiy tajribadan kelib chiqib, bu yil ham “Xatmi Qur’on” tadbirlari barcha masjidlarda bir xil vaqtda boshlanadi. Yakuni esa Ramazonning 27-kuni – taxminiy “Qadr kechasi”da yakunlanishi belgilangan.
Tarovih namozlari bugun, 18-fevral kuni xufton namozidan so‘ng boshlanadi. Musulmonlar idorasiga ko‘ra, ularning boshlanish vaqti sharqiy hududlarda 20:20 dan g‘arbiy hududlarda 21:00 gacha cho‘ziladi. Toshkent viloyati va poytaxtda tarovih namozlari 20:30 da boshlanishi belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tarovih namozlarida o‘qiladigan Xatmi Qur’on sahifalarining kunlik taqsimotini e’lon qildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111306
Jamiyat
94573
Jamiyat
90535
Jamiyat
74801
Jamiyat
//
Izoh yo‘q