Jamiyat
Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida bittadan “Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilishi belgilandi.
Unga ko‘ra, ushbu bog‘chalarda faoliyat yuritadigan rahbar va pedagog xodimlarga tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama joriy etiladi. Bunda ma’muriy-boshqaruv va pedagog lavozimlariga oliy ma’lumotli, yuqori salohiyatli nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadi.
“Yangi avlod” bog‘chalari tarkibida Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazlari tashkil etiladi. Ularda bolalarning yoshi va rivojlanish bosqichiga mos ravishda ijod va san’at, fan va matematika, jismoniy faollik, til va tasavvur, robototexnika hamda ilk algoritmlash yo‘nalishlarida tematik o‘yingohlar yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, simulyatsion vaziyatlar orqali bolalarda kasblarga qiziqish uyg‘otish, ekologik madaniyatni shakllantirish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari ham olib boriladi.
Farmonga muvofiq, har bir “Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotiga Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi direktor o‘rinbosari shtati ajratiladi. Har bir tematik o‘yingoh uchun alohida tarbiyachi-yo‘riqchi birligi joriy etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111303
Jamiyat
94572
Jamiyat
90533
Jamiyat
74797
Jamiyat
//
Izoh yo‘q