Jamiyat
Xorazm viloyatida Al-Xorazmiy haykali va xiyobonni obodonlashtirish uchun 25 milliard so‘m ajratiladi. Bu haqda viloyat hokimining 2026-yil 18-fevraldagi farmoyishida keltirilgan.
Qayd etilishicha, haykalni yasash va o‘rnatish hamda xiyobonni obodonlashtirish ishlari uchun 25 milliard so‘m viloyat mahalliy byudjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga erkin qoldig‘i hisobidan O‘zbekiston badiiy akademiyasiga ajratiladi.
Farmoyish prezidentning 2025-yil may oyida Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar hamda xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qaroriga muvofiq qabul qilingan.
Viloyat g‘aznachilik xizmati boshqarmasi ajratilgan mablag‘larning o‘tkazilishini ta’minlashi hamda viloyat hokimining moliya iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari farmoyish ijrosini nazorat qilishi belgilangan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112085
Jamiyat
94771
Jamiyat
90802
Jamiyat
75601
Jamiyat
//
Izoh yo‘q