Jamiyat
Fevral oyining boshlarida Sankt Peterburg shahrida o‘tkazilgan “Alvon yelkanlar” bitiruvchilar bayramiga Samarqand viloyatidan iqtidorli o‘quvchilar o‘rniga mansabdorlarning farzandlari va yaqinlari yuborilgani tasdiqlangandi. Dastlabki o‘rganishlar natijasida uch nafar o‘quvchining ota-onasi, jumladan, viloyat MMTB rahbaridan 28 million so‘m byudjetga qaytarilgandi.
Agentlik tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Hamdamov va boshqarma mas’ullari “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlar hamda Vazirlar Mahkamasining 595-son qarori bilan tasdiqlangan davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari talablariga zid xatti-harakatlar, bir qator qo‘pol xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani aniqlandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida boshqarma boshlig‘i Muzaffar Hamdamov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari A.B., Buxgalteriya hisobi va davlat xaridlari sho‘basi yetakchi mutaxassisi O.M., Pedagoglarning bilim va malakalarini baholashni tashkil etish sho‘basi bosh metodisti O.M., O‘quvchilar bilimini baholash va tahlil qilish sho‘basi boshlig‘i G.S., O‘quvchilar bilimini baholash va tahlil qilish sho‘basi metodisti I.X.ga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha vazirlikka taklif kiritildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111301
Jamiyat
94572
Jamiyat
90532
Jamiyat
74795
Jamiyat
//
Izoh yo‘q