Jamiyat
“Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg‘or xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, endilikda metrologiya sohasida tahsil oluvchi talabalar uchun maxsus stipendiya ta’sis etiladi.
Ma’lum qilinishicha, metrologiya sohasini xalqaro talablar bilan muvofiqlashtirish maqsadida 2027-yil 1-yanvardan boshlab:
– o‘lchash vositalarini qiyoslash amaliyotidan voz kechgan holda, qonunlashtiruvchi metrologiya doirasida verifikatsiyalash tizimi joriy etiladi;
– sanoatda foydalanilayotgan va mahsulot sifatiga bevosita ta’sir qiladigan o‘lchash vositalari kalibrlashga o‘tkaziladi va standart namunalarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi bekor qilinadi;
– kalibrlash laboratoriyalarining Xalqaro tarozi va o‘lchashlar byurosi bazasida e’tirof etilgan kalibrlash imkoniyatlari qayd etilgan yo‘nalishlari akkreditatsiyadan o‘tishdan ozod qilinadi.
2026/2027 o‘quv yilidan standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yo‘nalishlarida tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun:
– “Maxsus stipendiya” ta’sis etiladi;
– rivojlangan davlatlar, xususan Yevropa Ittifoqining texnik jihatdan tartibga solish (Technical Regulation) tizimini o‘rganish modeli asosida dars soatlari joriy qilinadi;
– so‘nggi 2 yilni xorijiy universitetda davom ettirishni nazarda tutuvchi "2+2" shaklidagi qo‘shma ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111301
Jamiyat
94572
Jamiyat
90532
Jamiyat
74795
Jamiyat
//
Izoh yo‘q