Jamiyat
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2026 / hijriy 1447-yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori boʻyicha qarori qabul qilindi. Unga koʻra:
Zakot nisobi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bu yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobini ≈ 85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib chiqib 100 000 000 (yuz million) soʻm deb belgiladi. Shunga koʻra, kamida 85 gramm tilla yoki 100 000 000 (yuz million) soʻm pul mablagʻi yoki ushbu qiymatdagi tijorat moli boʻlgan kishi, jami mablagʻining qirqdan biri (2,5%)ni zakot niyatida kambagʻallarga berishi farzdir.
Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:
≈ 2 kg bugʻdoy yoki uning qiymati – 10 000 (oʻn ming) soʻm;
≈ 2 kg bugʻdoy uni yoki uning qiymati – 12 000 (oʻn ikki ming) soʻm;
≈ 4 kg arpa yoki uning qiymati – 20 000 (yigirma ming) soʻm;
≈ 2 kg mayiz yoki uning qiymati – 110 000 (bir yuz oʻn ming) soʻm;
≈ 4 kg xurmo yoki uning qiymati – 200 000 (ikki yuz ming) soʻm deb belgilandi.
Har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu besh mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida kambagʻalga bersa kifoya qiladi. Fitr sadaqasini Ramazon oyi davomida hayit namozi oʻqilgunga qadar berish kerak boʻladi.
Fidya miqdori
Bir kunlik fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil boʻladi. Shunday ekan, har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu besh mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fidya niyatida beradi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
111281
Jamiyat
94566
Jamiyat
90522
Jamiyat
74773
Jamiyat
//
Izoh yo‘q