Jamiyat
O‘zbekistodandagi Mobiuz aloqa operatori ham hakerlar hujumiga uchradi. Bu haqda tarqalgan xabarlarda qayd etilishicha, kompaniyaning mahalliy korporativ tarmog‘i buzib kirilib, mijozlarning rasmlari bilan birga shaxsiy ma’lumotlari, shu bilan birga, 3 mingga yaqin xodimning shaxsiy ma’lumotlari Dark Web’ga sizdirilgan.
Kompaniya matbuot xizmati xabarni tasdiqlab, mijozlar ma’lumotlari qo‘lga kiritilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Unga ko‘ra, fevral oyida xavfsizlik tizimlari monitoringi davomida kompaniyaning asosiy tizimlarga ulanmagan sinov serverlaridan biriga ruxsatsiz kirish aniqlangani va server qo‘shimcha izolyatsiya qilingan. Mobiuz shuningdek, abonentlarning shaxsiy va moliyaviy ma’lumotlari saqlanadigan tizimlar to‘liq himoyalangan hududda joylashganini ma’lum qildi. Takidlanishicha, serverga kirish izlari topilmagan.
“Xizmatlar faoliyati buzilmagan, mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari sizib chiqmagan”, deydi kompaniya.
Qayd etilishicha, Mobiuz mas’ul organlar bilan hamkorlikda hodisani batafsil tekshirishni davom ettirmoqda va axborot tizimlari himoyasini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirmoqda. Kompaniya kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarning maxsus bo‘linmasi zamonaviy dasturiy ta’minotdan foydalangan holda IT infratuzilmasini kecha-yu kunduz kuzatib borayotgani va kibertahdidlardan himoya qilayotganini qayd etgan. Birgina 2025-yilning o‘zida mutaxassislar tomonidan 10 mingdan ortiq turli darajadagi DDoS-hujumlar, shu jumladan, 180 dan ortiq jiddiy hujumlar muvaffaqiyatli qaytarildi. 68 mingdan ortiq fishing havolalari va firibgarlik saytlari bloklandi, tarmoq infratuzilmasiga ruxsatsiz kirishga bo‘lgan 3 ta urinishning oldi to‘liq olindi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
111281
Jamiyat
94566
Jamiyat
90522
Jamiyat
74773
Jamiyat
//
Izoh yo‘q