“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ijrosi toifalarga ajratiladi

Saqlash
10:05 / 17.02.2026 26 0

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi tashkil etiladi, deb xabar berdi Adliya vazirligining Huquqiy axborot telegram kanali.

 

Unda qayd etilishshicha, Prezidentning “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (PF–21-son, 16.02.2026-y.) qabul qilindi.

 

Bunda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida erishilgan yutuqlar va mavjud muammolarni hisobga olgan holda samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash va strategiya maqsadlariga erishilishini monitoring qilish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish asosiy maqsad qilib belgilangan.

 

Raqamli platformada “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi maqsadlarining samaradorlik koʻrsatkichlariga erishilishi quyidagi toifalarga ajratiladi:

 

“yashil” – belgilangan samaradorlik koʻrsatkichiga oʻz vaqtida va toʻliq erishilgan;

“sariq” – belgilangan samaradorlik koʻrsatkichiga erishishda kechikishlar mavjud, biroq ularni bartaraf etish imkoni bor;

“qizil” – samaradorlik koʻrsatkichiga erishishda jiddiy kechikishlar mavjud yoki ularga umuman erishilmagan.

 

Bunda “yashil” toifaga kiritilgan samaradorlik koʻrsatkichlariga masʼul idoralar ragʻbatlantiriladi, “sariq” toifadagilarning mavjud kechikishlar sabablari tahlil qilinib, ularni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli idoraga zarur choralarni koʻrish boʻyicha koʻrsatmalar beriladi, “Qizil” toifaga kiritilgan samaradorlik koʻrsatkichlariga masʼul idoralar faoliyati Vazirlar Mahkamasi Rayosatida tanqidiy koʻrib chiqiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//